O‘zbekiston hududiga 9 yanvarda kirib kelgan sovuq havo massalari nihoyat chekina boshladi. Kunlar ilib, havo harorat ko‘tarilgani ortidan poytaxt ko‘chalaridagi qor va muzlar eriy boshlagan.
Anomal sovuqdan keyin hayot sekin-asta avvalgi o‘zaniga tushmoqda. Biroq quyosh nuri tushmaydigan joylarda qor hamon erimaganini ko‘rish mumkin. Kun.uz Toshkent shahri ko‘chalaridan fotoreportaj tayyorladi.
Suratlar muallifi: Hasan Yusupov