"Özgidromet" xabariga köra, respublikaning barça hududlari böyiça asosan kam bulutli, yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Joylarda tuman tuşişi kuzatiladi.

Respublika hududi böyiça havo haroratining kötarilişi notekis böladi. Bugun kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0-5 daraja iliq atrofida, Surxondaryo viloyatida 7-10 daraja iliqqaça böladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 2-4 daraja sovuq atrofida bölişi saqlanib turadi.

Dam oliş kunlari respublika böyiça havo massasining asta-sekin isişi davom etadi. Harorat keçalari 3-8 daraja sovuq, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 10-12 daraja sovuq atrofida böladi. Kunduz kunlari harorat 2-7 daraja iliqqaça, Surxondaryo viloyatida 10 daraja iliqqaça böladi.

Poytaxtda dam oliş kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi asta-sekin 2-4 daraja iliqqaça, yakşanba kuni 5-7 daraja iliqqaça kötariladi. Keçalari 3-5 daraja sovuq böladi.