07:35 / 01.02.2023
9834

AQSh kompaniyasi Ukrainaga "aqlli" dronlarni 1 dollarga sotishga tayyor

Mudofaa buyurtmalari bilan ham shug‘ullanuvchi Amerikaning General Atomic kompaniyasi Ukrainaga ikkita «aqlli» MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchish apparatlarini bir dollarga sotishga tayyor. 

MQ-9 Reaper / Foto: U.S. Air Force

Firma rahbariyati bir necha kun avval Vashingtondagi Ukraina harbiy attashesiga tegishli taklif bilan chiqqan, deb yozadi The Wall Street Journal. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv dronlarni yerdan boshqarish stansiyasini o‘z ichiga oladi hamda Kiyevdan apparatlarni tayyorlash va Ukrainaga jo‘natish uchun taxminan 10 million dollar sarflashni talab qiladi. 

Yetkazib berish hali Oq uy tomonidan tasdiqlanishi kerak, u ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top