Şu bilan birga, u Yevropa davlatlaridagi ommaviy immigratsiyaga işora qildi va qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötişni notöğri yöl deb atadi. “Men endi uni tanimay qoldim”, — dedi u Yevropa haqida gapirar ekan.
Amerika yetakçisi sönggi ön yilliklarda AQŞ va Yevropada davlat xarajatlari oşib borgani hamda çetdan import köpayganini ham tanqid qildi. Trampning fikriça, Jo Baydenning oldingi ma’muriyati va köplab boşqa ğarb hukumatlari “millatlarni boy, qudratli va kuçli qiladigan narsalardan” yuz ögirgan. “Natijada rekord darajadagi budjet va savdo kamomadlari, şuningdek insoniyat tarixidagi eng katta ommaviy migratsiya tölqini kelib çiqqan, ösib borayotgan suveren kamomad paydo böldi”, — dedi u.
Trampning aytişiça, Yevropa — “radikal söllar Amerikaga tiqiştirmoqçi bölgan taqdir”ning namunasidir. Şu bilan birga, u Germaniya “2017 yilga nisbatan 22 foizga kam elektr energiyasi işlab çiqaryapti”, elektr narxlari esa “64 foizga oşgan”, deb da’vo qildi va bunga oldingi hukumatlarni mas’ul, deb hisoblaşini bildirdi.
Tramp, şuningdek, özining “mamlakati uçun vayronkor bölgan energetik siyosat”ni töxtatganini aytdi — u bu siyosat narxlarni oşiradi va bir vaqtning özida iş örinlari hamda zavodlarni dunyodagi eng katta ifloslantiruvçi davlatlarga köçirib yuboradi, deb hisoblaydi.












