20:50 / 03.02.2023
16594

Sarguzasht turizmiga oid davlat standarti qabul qilindi

Foto: uzbektourism.uz

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan “Sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar” davlat standarti ishlab chiqildi. Ushbu standart sarguzasht turizmi faoliyati provayderlari uchun xavfsizlikni boshqarish tizimining talablarini belgilaydi.

Provayder ushbu standartdan quyidagilar uchun foydalanishi mumkin:

— xavfsizlik samaradorligini oshirish;

— ishtirokchilar va xodimlar xavfsizligiga nisbatan kutilmalarni oqlash;

— xavfsiz amaliyotni ko‘rsatish;

— amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini qo‘llab-quvvatlash.

Ushbu standart har xil geografik, madaniy va ijtimoiy muhitda ishlaydigan barcha turdagi va o‘lchamdagi provayderlar tomonidan qo‘llanishi mumkin.

Standart 2023 yil 18 apreldan amalga joriy etiladi.

Top