07:59 / 08.02.2023
11088

Germaniya mudofaa vaziri Ukrainaga bordi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukrainaga kelgan Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bilan uchrashdi. 

Foto: president.gov.ua

Ukraina davlati rahbari Berlinning Leopard jangovar tanklarini Kiyevga topshirishga ruxsat berganini ta’kidlab, «yaqinda qabul qilingan qarorlar uchun» minnatdorchilik bildirdi

Tanklar bo‘yicha qarorlar va yevropalik hamkorlarning Ukraina Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikdagi tashabbusi «bizga ustunlik emas, balki jang maydonida tenglik berishi mumkin», dedi Zelenskiy. 

Bu tank koalitsiyasi jihozlarining vaqti, miqdori va zamonaviyligiga bog‘liq, deya qo‘shimcha qildi u.

Germaniya hukumati Leopard 2 asosiy jangovar tanklarini Kiyevga topshirishga qaror qildi, chunki Ukraina Rossiya agressiyasiga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlanishi kerak va «bu masalada shunchaki muqobil variant yo‘q», deb ma’lum qilgandi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius. 

Uning ta’kidlashicha, Ukrainaga tanklar yetkazib berilishi Germaniyani urush qatnashchisiga aylantirmaydi. Barcha ittifoqchilar, jumladan, «amerikalik do‘stlar ham» birgalikda harakat qilyapti, Germaniya o‘z qarorida yolg‘iz emas va shuning uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning asosiy raqibi emas, dedi Pistorius.

Mudofaa vazirligi rahbari, shuningdek, Ukrainaga zirhli texnika jo‘natgandan so‘ng, Bundesver zaxiralarini tezda to‘ldirish niyatida ekanini aytdi. Kelgusi haftada Germaniya mudofaa sanoati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. «Biz hozir zaxiralarni tez to‘ldirish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz», deb ishontirdi vazir.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top