09:45 / 08.02.2023
20066

Toshkentda turk xalqiga gumanitar yordam yig‘ish boshlandi

Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida talafot ko‘rgan hududlarga O‘zbekistondan insonparvarlik yordam yuboriladi.

Kerakli mahsulotlarni yig‘ish O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi ko‘magida tashkil qilinmoqda.

Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo‘tqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.

Gumanitar yordam berish istagida bo‘lganlar quyidagi manzilga tashrif buyurishlari mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 30-uy. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki - Lokatsiya

Yordam 8 fevraldan har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+99878) 150 60 06. Qisqa raqam: 1094

Mavzu
Turkiyada vayronkor zilzila
6 fevral tongida Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan 7,8 balli zilzila minglab odamlarni hayotdan olib ketdi.
Barchasi
Top