09:18 / 14.02.2023
13512

Qizil kitobga kiritilgan qush hayoti asrab qolindi

Samarqand shahri atrofida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridan birining yaqiniga kelib qo‘ngan tasqara ucha olmay qoladi.

Foto: Telegram / ekologuz

Buni kuzatib turgan shu atrofdagi fuqarolar zudlik bilan Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga murojaat qilishadi.

Bo‘lim xodimlari tomonidan tasqara veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib, vaqtincha saqlash uchun “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i pitomnigiga topshirildi.

Tasqara O‘zbekiston Qizil kitobga kiritilgan bo‘lib, mutaxassislar bu qushga “Tabiat sanitari” deb ham ta’rif berishadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Samarqandda Qizil kitobga kiritilgan yana bir noyob qush topilib, yordam ko‘rsatilgan edi. 

Top