Farğonada Qizil kitobga kiritilgan quşni sotmoqçi bölgan fuqaro qölga olingan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro I.I. Sahro loçinini (şaxin quşi) noqonuniy saqlab kelayotgani va sotuvga qöygani aniqlangan.

Holat yuzasidan Farğona viloyati Ekologiya boşqarmasi, viloyat IIB va viloyat prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlikka çek qöyiş çora-tadbirlari olib borilib, huquqbuzar qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur iş jinoiy tartibda huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan körib çiqiladi.

Ma’lumot uçun, Sahro loçini loçinsimonlar oilasiga mansub quş bölib, Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uçun Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori 14-ilovasiga muvofiq BHMning 1 500 barobari miqdorida (562 mln 500 ming söm) zarar qöllanadi.

Zarar miqdori BHMning 300 barobaridan köpligi sababli Qizil kitobga kiritilgan quşni noqonuniy saqlagan fuqaroga tegişli iş jinoiy tartibda huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan körib çiqiladi.