07:37 / 15.02.2023
10542

Zelenskiy: Rossiya Donbass uchun janglarda salohiyatini yo‘qotmoqda

Donetsk va Luhansk viloyatlaridagi vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda, biroq Rossiya qo‘shinlari u yerda «misli ko‘rilmagan darajada» o‘z salohiyatini yo‘qotmoqda. 

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z vatandoshlariga kechki murojaatida front chizig‘idagi voqealarga shunday baho berdi.

Uning ta’kidlashicha, bu mintaqada janglar hozir «Ukraina yerining har bir metri uchun» davom etmoqda. 

«Qahramonlarimiz Baxmut, Vuhledar, Marinka va Donbassning boshqa shaharlari hamda jamoalarida boshdan kechirayotgan har bir kun - bir necha haftaga Rossiya tajovuzkorligining kamayishidir. Hozir u yerda Rossiya salohiyatining misli ko‘rilmagan yo‘q qilinishi sodir bo‘lmoqda. Bizning Donbassda dushman yo‘qotgan hamma narsasini endi tiklay olmaydi», dedi Zelenskiy.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top