11:28 / 20.02.2023
5783

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi bo‘yicha ishchi guruhlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2022 yilning 12-18 fevral kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tartibga soluvchi huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini kelgusida tasdiqlash uchun tayyorladilar hamda ayrim chegara uchastkalarida dala o‘rganishlar jadvalini kelishib oldilar.

Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top