17:28 / 23.02.2023
26233

Namangan viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgan Shavkat Rahmonov o‘rniga Shuhrat Aliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Buxoro viloyati IIB boshlig‘i edi.

Foto: IIB axborot xizmati

23 fevral kuni ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan Namangan viloyatida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi. IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan polkovnik Shavkat Rahmonov O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari - Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi

Shuningdek, ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Shuhrat Aliyev tayinlandi.

Shuhrat Aliyev 2017 yil martidan buyon Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top