Podpolkovnik Bositxon Abdirayimoviç Qosimov Uçqörğon tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar B.Qosimov Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov boşqarmasi boşliğining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Uçqörğon tumani IIBga 2017 yil aprelidan buyon podpolkovnik Dilşodbek Saydullayeviç Törayev rahbarlik qilib kelayotgandi.

Bundan avvalroq Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari, polkovnik Mahkam Vafoyev Olmazor tumani IIB boşliği lavozimiga ötkazilgani xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, prezidentning Namangan viloyatiga safari davomida Uyçi tumani rahbarlari, şu jumladan, tuman IIB boşliği Avazbek Xöjaxonov işdan olingandi.