16:22 / 24.02.2023
19653

Jizzaxda yer silkinishi sodir bo‘ldi

Jizzax viloyatida yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilyapti.

24 fevral kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 16:12 da zilzila sodir bo‘ldi. Episentr: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani. 

Zilzila koordinatalari: 39,97 gradus shimoliy kenglik; 67,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 190 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Sharof Rashidov tumanida 2-3 ball, 13 km;
  • Jizzax shahrida 2-3 ball, 18 km;
  • Baxmal tumanida 2 ball, 27 km.
Top