10:05 / 24.02.2023
13575

Mehnat resurslari soni eng ko‘p bo‘lgan hudud ma’lum qilindi

2022 yilda O‘zbekistonda mehnat resurslari soni qariyb 19,5 mln kishini tashkil etgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida mehnat resurslari soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 2 160,4 ming kishi.

Undan keyingi o‘rinlardan mehnat resurslari soni mos ravishda 2 095,5 ming kishi va 1 916,8 ming kishini tashkil qilgan Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahri joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Qashqadaryo viloyati – 1 819,3 ming kishi;
  • Andijon viloyati – 1 777,9 ming kishi;
  • Toshkent viloyati – 1 616,3 ming kishi;
  • Namangan viloyati – 1 592,8 ming kishi; 
  • Surxondaryo viloyati – 1 469 ming kishi;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1 074,6 ming kishi;
  • Buxoro viloyati – 1 073,4 ming kishi;
  • Xorazm viloyati – 1 050,1 ming kishi;
  • Jizzax viloyati – 791,1 ming kishi;
  • Navoiy viloyati – 570,2 ming kishi; 
  • Sirdaryo viloyati – 487,2 ming kishi.
Top