Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Olim Abdullayev Vengriya elçisi Yojyef Roja bilan uçraşdi.

TIV ma’lumotiga köra, muzokaralarda ikki davlat örtasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari hamda yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 

Taşqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, Vengriya sarmoyalarini Özbekiston bozoriga jalb etiş böyiça ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, madaniy-gumanitar sohani rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar özaro hamkorlikni çuqurlaştiriş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş ustida faol işlaşga tayyor ekanini bildirdi.