08:06 / 24.02.2023
4692

O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholi soni 15 mln kishidan oshdi

O‘tgan yili O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholining soni 15 071,3 ming kishini tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 90,6 ming nafarga ko‘p.

Foto: Kun.uz

Iqtisodiy faol aholi ulushi mamlakat umumiy mehnat resurslarining 77,3 foizini tashkil etadi.

2022 yilda O‘zbekiston bo‘yicha mehnat resurslari soni 19 494,6 ming kishini tashkil etdi.

O‘zbekiston hududlari orasida eng ko‘p mehnat resurslari Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keldi va uning respublika mehnat resurslari umumiy sonidagi ulushi 11,1 foizni tashkil yetdi.

Mehnat resurslari soni viloyatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Samarqand – 2 160,4 ming;
  • Farg‘ona – 2 095,5 ming;
  • Toshkent shahri - 1 916,8 ming;
  • Qashqadaryo-1 819,3 ming;
  • Andijon – 1 777,9 ming;
  • Toshkent – 1 616,3 ming;
  • Namangan – 1 592,8 ming;
  • Surxondaryo-1 469 ming;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1 074,6 ming;
  • Buxoro-1 073,4 ming;
  • Xorazm – 1 050,1 ming;
  • Jizzax – 791,1 ming;
  • Navoiy – 570,2 ming;
  • Sirdaryo - 487,2 ming kishi.
Top