2025 yil dekabr oyida inflatsiya 0,9 foizni taşkil etib, yillik inflatsiya 7,3 foizga teng böldi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qömitasi.

2024 yilgi inflatsiya 9,8 foiz bölgandi. Şunga köra, 2025 yilda narx-navolar oşişi 2,5 foiz punktiga sekinlaşdi.

Statqöm hisobotiga köra, 2025 yilda tovarlar narxi 5,4 foizga kötarildi: bunda oziq-ovqat mahsulotlari 5,5 foizga oşgan bölsa, nooziq-ovqat tovarlar 5,1 foizga qimmatlaşdi.

Yil davomida xizmatlar inflatsiyasi 13,9 foizni taşkil etdi.

Oziq-ovqatlar

2025 yilda qöy göşti 26,8 foizga, suyaksiz mol göşti 25,0 foiz, suyakli mol göşti 23,9 foizga qimmatlaşdi.

Paxta yoği narxi 17,7 foizga, kungaboqar yoği narxi 12,7 foizga kötarildi.

Sut 5,7 foizga qimmatlaşgan bölsa, parranda göşti narxi 3,7 foizdan 4,2 foizgaça oşdi.

Sabzavotlardan karam 31,8 foiz, pomidor 25,1 foiz, bodring 16,0 foiz, sabzi 10,8 foiz, baqlajon 8,0 foizga qimmatladi.

Tsitrus mevalar narxi ötgan yili 33,6 foizga kötarilib ketdi. Xususan, limon narxi 96,4 foizga kötarildi.

Şu bilan birga, guruç 16,6 foizga, tuxum 14,5 foizga arzonlaşdi. Şakar narxi 4,8 foiz, un narxi 4,7 foizga pasaydi.

Bulğor qalampiri 14,9 foizga arzonladi.

Yoqilği-energetika

2025 yilda kommunal inflatsiya quyidagiça böldi:

  • tarmoq gaz – 39,2 foiz;
  • sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari – 35,1 foiz;
  • maişiy çiqindilarni olib ketiş 32,5 foiz;
  • suyultirilgan gaz – 25,0 foiz;
  • elektr energiyasi – 18,8 foiz
  • issiq suv ta’minoti – 11,9 foiz;
  • isitiş xizmati – 11,5 foiz.

Turar joylarga xizmat körsatiş va ta’mirlaş uçun materiallar 5,4 foizga qimmatladi.

Transport

2025 yilda propan 10,5 foizga arzonlaşgani qayd etilgan bölsa, metan 29,9 foizga, benzin örtaça 11,9 foizga qimmatlaşdi.

2025 yilning dekabr oyida AI–80 marka benzinining narxi bir litri uçun 9 500 dan 9 900 sömgaça, AI–91 va AI–92 uçun 10 500 dan 13 300 sömgaça, AI–95 va AI–98 uçun 12 500 dan 18 000 sömgaça oraliqda sotildi. Kuzatuvdagi eng qimmat markadagi AI–100 benzinining narxi bir litri uçun 21 000 sömni taşkil qildi.

Yil davomida içki va xalqaro aviaçiptalar 21,7 foizga qimmatladi.

Şahar avtobuslari çiptasi 21,1 foizga, şahar atrofidagi poyezdlarda yöl haqi 10,1 foizga kötarildi.

Kurerlik xizmatlari narxi 18,3 foizga ösdi.

Soğliqni saqlaş

Ötgan yili dori vositalari narxi örtaça 4,6 foizga oşdi.

Statsionar davolaş xizmatlari 7,6 foizga, ambulator davolaş xizmatlari 6,3 foizga qimmatlaşdi.

Soğliqni saqlaş sohasidagi boşqa xizmatlar inflatsiyasi 10,0 foizni taşkil etdi.

Ta’lim

2025 yilda boğça tölovlari 17,0 foizga kötarildi.

Çet tilini öqitiş va repetitorlik xizmatlari 6,6 foizga qimmatlaşdi.

“Oliy ta’lim sohasidagi tariflar 205 yil davomida barqarorligini saqlab qoldi”, deyiladi hisobotda.

Haydovçilikka tayyorlov kurslari narxi 59 foizga oşdi.

Umumiy ovqatlaniş

2025 yilda restoranlar va mehmonxona xizmatlari 8,6 foizga, tayyor ovqatlarni yetkazib beriş xizmatlari 6,3 foizga qimmatlaşdi.

Mobil aloqa

Mobil aloqa narxlari örtaça 15,1 foizga kötarildi. Tariflar birgina dekabr oyida 4,9 foizga oşdi.

Maişiy tovar va xizmatlar

“Maişiy tovarlar va xizmatlar, turli tovarlar va xizmatlar” toifasida yillik narx oşişi 8,2 foizni taşkil etdi.

Hududlar kesimida

2025 yilda eng yuqori inflatsiya Qoraqalpoğiston Respublikasi va Farğona viloyatida qayd etildi: 7,7 foiz. Surxondaryo viloyatida iste’mol narxlari örtaça 7,6 foizga, Xorazm viloyatida 7,5 foizga ösdi.

Eng past inflatsiya Jizzax viloyatida: 6,7 foiz. Qaşqadaryo viloyatida 7 foizlik, Toşkent şahri va Navoiy viloyatida 7,1 foizlik inflatsiya qayd etildi.