17:00 / 01.03.2023
13126
Reklama

Xorijdan turib oilangizga g‘amxo‘rlik – Tinkoff mobil banki

Agar siz Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki allaqachon o‘sha yerda bo‘lsangiz, unda siz qaysi bank kartasini olish borasida aniq bir qarorga kelib olishingiz kerak bo‘ladi. Rossiyada o‘ndan ortiq banklar mavjud, ammo qulay va bepul pul o‘tkazmalarini taqdim etadigan banklar juda kam. Qidirib vaqtingizni behuda ketkazmaslik uchun O‘zbekistonga pul o‘tkazish imkoniyati mavjud bepul karta haqidagi ushbu maqolani o‘qib chiqing. 

Tinkoff – filiallarsiz mobil bank

Rossiyada birorta ham filialiga ega bo‘lmagan yagona to‘liq mobil bank mavjud. Bu sizga g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin, ammo Tinkoff allaqachon unga ishonadigan 25 milliondan ortiq mijoziga ega. 

Oddiy bankda karta olish uchun siz ishdan javob olishingiz yoki dam olish kunini navbatda kutish bilan o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi. Tinkoff'ga esa atigi 5 daqiqa vaqtingizni ajratsangiz kifoya va bunda ham siz uydan chiqmasdan turib, saytda yoki mobil ilovada so‘rovnomani to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi xolos. Kartani olish uchun qayergadir borishingiz shart emas. U sizga qulay vaqtda va qulay joyga – kvartirangizga, ishxonangizga yoki hatto siz o‘tirgan kafega olib borib beriladi. 

Komissiyasiz pul o‘tkazmalari 

Chet elliklar Tinkoff'da Tinkoff Black kartasini olishlari mumkin. Undan O‘zbekiston banklariga bevosita ilova orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin va buning uchun hech qayerga borish shart emas. Agar siz oyiga 20 000 rublgacha pul yuborsangiz mutlaqo komissiya to‘lovi olinmaydi. Agar undan ko‘proq bo‘lsa, o‘tkazma summasining 1 foizi miqdorida komissiya olib qolinadi. Shuningdek, ilovaning Proveriyasiga obuna bo‘lishingiz mumkin va bunda oyiga 50 000 rublgacha o‘tkazmalarni bepul amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz. Hatto valutani almashtirishingizga ham hojat yo‘q. Pul o‘tkazayotganda siz ekranda bugungi kundagi valuta kursini va qabul qiluvchining hisobraqamiga o‘tadigan o‘zbek so‘midagi summani ko‘rasiz. Bu qulay: uyingizdan chiqishingizga yoki pullaringizni naqd qilib yechib olishingizga zarurat bo‘lmaydi, pullar esa bir necha daqiqada manziliga yetib boradi. 

Tinkoff banki va kartalarining yana qanday afzalliklari bor 

1. 24/7 tartibida qo‘llab-quvvatlash. Savol tug‘ilsa, javob olish uchun bankka borishingiz shart emas. Qo‘llab-quvvatlash chatiga yozish kifoya va Tinkoff xodimi sizga istalgan vaqtda va qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar javob beradi. 

2. Patent uchun to‘lov. Patentingizning amal qilish muddatini tezda uzaytirish uchun Migratsiya markazi saytidagi onlayn shaklni to‘ldiring va Tinkoff kartangiz ma’lumotlarini kiriting. Agar kvitansiyangiz bo‘lsa, uni QR kod orqali to‘lashingiz ham mumkin. 

3. Maoshingizni oling. Siz Tinkoff Black kartasiga maoshingizni olishingiz, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida hisob ochishingiz yoki uni YaTT hisobvarag‘iga ulab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun ish beruvchidan maoshingizni ushbu kartangizga o‘tkazishini so‘rang va unga hisob ma’lumotlaringizni bering (ularni har doim mobil ilovada ko‘rish mumkin).

4. Naqd pulni bepul yechib oling. Agar sizga naqd pul kerak bo‘lsa, uni har doim kartadan bankomatda yechib olishingiz mumkin. Tinkoff Black kartasining yana bir qulay tomoni – u naqd pulni komissiya to‘lovisiz yechib olish imkonini beradi: Tinkoff bankomatlarida – istalgan miqdordagi, boshqa banklarning bankomatlarida esa – 3000 dan 100 000 ₽ gacha miqdordagi pul mablag‘larini foizsiz yechib olish mumkin.

Kartani qanday olish mumkin ?

Agar siz Rossiyada bo‘lsangiz, havola orqali o‘tib kartani rasmiylashtirishingiz mumkin.

Agar siz hali Rossiyada bo‘lmasangiz, sayt orqali yoki ilovada karta uchun ariza topshirishingiz va Rossiyaga kelishni rejalashtirgan vaqtingizni ko‘rsatib, kartani keyinroq olishingiz mumkin. Siz kartani qo‘lingizga olmay turib ham undan ilovada foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Reklama

Mavzuga oid
Top