Frost&Sullivan xalqaro konsalting kompaniyasi tadqiqotlariga köra dunyoning eng yirik onlayn-banki deb topilgan Tinkoff banki asosçisi Oleg Tinkov «Inqilob: Dunyodagi eng yirik onlayn-bankni qanday quriş mumkin» deb nomlangan kitobini yozdi. Kitobda u muvaffaqiyatga erişiş sirlari bilan örtoqlaşadi.

Oleg Tinkov
Foto: Forbes Life

Zararga nisbatan toqatsizlik

Aksariyat startaplarning inqirozga uçraşining sababi, ularning beş yillik zararni oldindan rejalaştirib olişlaridir. Bunday loyihalar pulni isrof qiladi xolos. Tinkoff Bank 2008 yil noyabrda, iş boşlaganidan 18 oy ötgaç daromadga kirgan. Biz zararga toqat qilolmaymiz. Bank boşqaruvi raisi Oliver Xyuz har bir yönaliş böyiça öz biznes-rejasiga ega. Agar belgilangan muddat içida yönaliş foyda keltirmasa, u yopiladi. Men zararga aslo toqat qilolmayman va buni muvaffaqiyatning asosiy kaliti deb bilaman. Har qanday kompaniyaning boş körsatkiçi – sof daromad hisoblanadi.

Barqaror jamoa

The Everything Store kitobida öqişimça, Amazon asosçisi Jyeff Bezos har bir neça yilda top-menejyerlarni almaştirar ekan. Goh Google, goh Walmart’dan kimnidir işga olar ekan. Şu bilan birga kompaniya daromad topiş böyiça Walmart’ni quvib ötgan. Men bölsam oilaviylikni ma'qul köraman. Top-menejyerlarni tinmay almaştiriş notöğri deb hisoblayman. Menga özim ançadan buyon bilgan, tuşungan odamlar bilan işlaş yoqadi. Yuqori 20talikda işlaydiganlarning 15 nafari, yuqori 10talikdagilarning esa 8 nafari bankda 10 yildan ortiq vaqt davomida işlab kelayotganlar ekanligi bilan faxrlanaman. Menimça, barqaror jamoa muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.  

Birinçi örinda insoniylik xislati  

Jamoaga odam tanlaşda birinçi navbatda kasb mahoratiga emas, insoniyligiga qarayman. Texnik işlarni ikki kunda örganib oliş mumkin, lekin zakovat, közdagi çaqnoqlik, birinçi böliş istagi tuğma böladi. 2006 yilda 25 yoşli Artem Yamanov (katta vitse-prezident böldi) va Stanislav Bliznyuk (operatsion direktor) bilan suhbat qilayotganimda ularning salohiyati yuksak ekanligini darhol fahmlaganman. Adaşmagan ekanman, ular 10 yildan ortiq vaqtdan buyon işlab kelişmoqda. Bölajak vitse-prezident Kirill Bobrovni işga qanday olganimiz ham yodimda. Malla soçlari tözğigan, krossovka va yirtiq jinsida kelgandi. Darrov tuşundim: internet loyihalar bilan şuğullana oladi. Agarda kostyum-şim va galstukda, aqlli yuz bilan kelganida uni işga olmasdim. 2017 yilda «Tinkoff Mobayl»ga Yota’da işlagan ikki menejyerni oldik. Ularning telekommunikatsiya borasidagi javoblariga emas, nimalarni öylaşi, qanday orzu-maqsadlari borligiga e'tibor qaratdim. Biz yulduzlarni sotib olişga urinmaymiz. Bizning jamoamiz taşkilot içida kamolotga erişgan kişilardan iborat. Agar siz biror yigitning qizini tortib olsangiz, işoning, u keyinçalik sizni ham taşlab ketadi. Yulduzlar ham xuddi şunaqa.