«Hammasi joyida, bugun koridorda 2 km yurdim. Ammo oldinda juda murakkab reabilitatsiya haftalari va oylari borligini tuşunib turibman», — deb yozdi Tinkov Instagram sahifasida.
Şuningdek, tadbirkor rossiyaliklarga donorlik bilan şuğullaniş haqida öylab körişni maslahat berdi.
«Iltimos qilaman, donor böling va boşqa odamning hayotini saqlab qoling. Rossiyada atigi 130 ming donor bor, Germaniyada esa 7 million. Bu biz uçun uyat», — deb yozdi Tinkov.
U xotini bilan birga şunday katta muammo bilan şuğullanadigan jamğarma taşkil qilmoqçi ekanini ham qöşimça qilgan.
Iyun oyi oxirida Tinkov «Londonda ilik transplantatsiyasiga rozilik bildirgani, keyin özini juda uzoq, hatto 1 yilgaça çöziladigan reabilitatsiya kutayotgani» haqida yozgan edi.
6 mart kuni Tinkov leykemiya bilan xastalanganini, bunday diagnoz 2019 yil oktabr oyida qöyilganini e'lon qildi. Öşa paytda tadbirkor London şahrida soliq da'volari böyiça AQŞga ekstraditsiya qilinişi böyiça sud hukmini kutayotgan edi.
Tinkovning bayonotidan oldin AQŞ Moliya vazirligi işbilarmonni 2013 yilda AQŞ fuqaroligidan voz keçiş jarayonida 1 milliard dollar miqdoridagi aktivlarini soliqlardan yaşirganlikda gumonlayotganini bildirgan edi. Bu ayblov böyiça unga 6 yilgaça bölgan qamoq jazosi xavf solmoqda.

















