Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IndiGo Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 2023 yil avgustidan Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqchi. Dehli - Toshkent - Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar haftasiga to‘rt marta Airbus A320 va A321 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Foto: Uzbekistan Airports
Bunday niyatni aviakompaniya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Uzbekistan Airports bilan muzokaralar chog‘ida bildirishgan.
Uch tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha IndiGo aviakompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga kelishi doirasida muzokaralarning navbatdagi bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
IndiGo — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:42 / 04.10.2025
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
12:50 / 02.08.2025
Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
22:37 / 09.05.2025
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
16:27 / 28.04.2025