Hindistonning IndiGo xususiy loukosteri Toşkent – Dehli va Dehli – Toşkent yönalişi böyiça parvozlar töxtatilganini e’lon qildi.

Şuningdek, Hindiston aviakompaniyalari uçun Pokiston havo hududining yopilişi tufayli 800 dan ortiq mahalliy reyslar ham boşqa sanalarga qoldirildi.

Kompaniya hozir 50 dan ortiq xalqaro yönalişlarning parvoz vaqti uzayib ketganini ma’lum qildi.

«Joriy qilingan çeklovlar afsuski, IndiGo aviaparki uçun Olmaota va Toşkent yönalişidagi parvozlarni imkonsiz qiladi», deyiladi xabarda.

Qayd qilinişiça, Toşkentga va Qozoğistonning Olmaota şahriga parvozlar kamida 7 may kunigaça töxtatilgan.

Kaşmirda yuz bergan terakt tufayli Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar keskinlaşdi. Oqibatda har ikki tomon bir-biriga nisbatan turli çeklovlarni joriy qilmoqda.