11:52 / 04.03.2023
3712

Toshkentda eng ko‘p maktab o‘quvchilari Yunusobodda o‘qishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahri maktablarida necha nafar o‘quvchi tahsil olayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning 1 yanvar holatiga Toshkent shahridagi maktablarda 499 417 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tumanlar kesimida maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni bo‘yicha Yunusobod tumani yetakchilik qilmoqda – 64 411 nafar o‘quvchi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan tumanlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Mirzo Ulug‘bek – 58 107 nafar;
  • Olmazor – 57 335 nafar;
  • Uchtepa – 54 856 nafar;
  • Chilonzor – 50 799 nafar;
  • Shayxontohur – 46 512 nafar;
  • Yashnobod – 46 192 nafar;
  • Sergeli – 36 751 nafar;
  • Mirobod – 30 043 nafar;
  • Yangihayot – 22 845 nafar;
  • Yakkasaroy – 19 579 nafar;
  • Bektemir – 11 987 nafar.
Top