13:56 / 15.03.2023
5165

IIBB: Toshkentda qulab tushgan devor choyxona hududiga tegishli bo‘lgan

Olmazor tumanida devor qulab tushishi bilan bog‘liq hodisa yuz bergani, oqibatda “Nexia-3” rusumli avtomashinaga zarar yetgani xabar qilingandi. 

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot e’lon qildi.

Qayd etilishicha, IIBB xabari matnida noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan. Aslida devor 1987 yilda qurilgan «Qariyalar oromgohi» choyxonasi hududiga tegishli bo‘lgan.

Joriy yilning 14 mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani, Guruch-ariq ko‘chasida balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan devori qulab tushgandi.

Poytaxt IIBB e’lon qilgan ma’lumotda aytilishicha, devor qulab tushishiga poytaxtda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.

Rasmiy xabarda hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘qligi aytiladi.

Mavzuga oid
Top