Farğona viloyati Quva tumanida içki işlar xodimlari uç aka-uka yuritadigan oşxonada kabob yeb, pulini tölamay kelgan. Qarzdorlik köpayib ketgaç, öz haqini talab qilgan tadbirkorga xodimlar tomonidan bosim boşlangan. Hatto tönğiç aka Abror Sodiqov “içki işlar xodimlarining qonuniy talabiga böysunmagani” aybi bilan ma’muriy qamoqqa tiqilgan. “Xodimlar formada kelib, aroq içib, oyoqda tura olmasdan yiqilgudek bölib çiqib ketişadi”, deydi tadbirkor.

Tadbirkor Ahmadali Yunusovning aytişiça, hammasi Quva tumani IIB boşliği örinbosari Baxtiyor Hamroboyevning öqituvçi va murabbiylar kuni bayramiga 3 ta “korobka” qilib berasan, degan topşiriği bajarilmaganidan keyin boşlangan.

“Quva tumani Iftixor mahallasida joylaşgan “Ulfatlar” nomli oşxonani yuritaman. Şu paytgaça içki işlar xodimlari oşxonamizga kelib, yeb-içib pulini bermay ketar edi. Akam Moskvadan kelib, qarz daftarni kördi va “Nasiya köpayib ketibdi, birovga nasiya qilma, qarzlarni tezroq yiğ”, deb qat’iy tayinladi. Avvalo Quva tuman IIB boşliğiga qönğiroq qildim. “Beraman, beraman, olasan”, deb va’da berdi. Undan keyin boşqa içki işlar tizimidagi qarzi borlarga birma-bir qönğiroq qilib çiqdim. Natija bölmagaç, ilojsizlikdan 1102 işonç telefoniga aloqaga çiqib, bor gapni aytdim. Şundan keyin ayrim xodimlar qarzini berib ketişdi, ayrimlari esa  yöq. Keyin esa bizga qarşi işlaşni boşlaşdi. Akamga “statya” qöyib, 5 sutkaga qamaşdi.

Içki işlar bilan nizo boşlanişiga sabab Quva tuman IIB xodimi Baxtiyor Hamroboyevning “Ustoz va murabbiylar kuniga “karobka” qilib bering”, degan topşiriğini bajarmaganim böldi. Narxini bilsam har bir “karobka” 1 mln söm ekan. 3 mln sömlik topşiriq oğirlik qildi töğrisi.

Topşiriq bajarilmaganidan keyin bizga qarşi har xil rejalar tuzişdi, amaliyotlar olib borişdi. Oşxonamni har xil bahonalar bilan berkitmoqçi bölişdi. Quvada boşqa oşxonalar işlab tursa, nega aynan mening oşxonam soat 22:00 da berkilişi kerak? Hayron qolasan kişi.  

Xodimlar tahdidlar qilib, “köçada yurişingni öyla, oşxona oçişingni öyla, tadbirkorlik qilişingni öyla”ga tuşişdi. Prezident “tadbirkorlarni qöllab-quvvatla”, “tadbirkorga tegma”, deyaptiku.

Odatda IIB xodimlari 200 ming söm “sçyot” bölsa, 100 ming söm, 100 ming söm “sçyot” bölsa, 50 ming söm beradi. Bermay çiqib ketgani ham böladi. Şunda ham rozi bölaman. Nega? Rahmatli otam ana şu tizimda işlagan, şu tizimning nonini yeb, bizni voyaga yetkazgan. Tizimning, otamning hurmatidan xodimlarning könglini olişga harakat qildim. Lekin ular haddidan oşib ketişdi. Tizim menga qarşi işlaşni boşladi. Xodimlarni formada kelib aroq içib, oyoqda tura olmay yiqilgidek bölib çiqib ketişlarining köp guvohi bölganman. Lekin biror marta sotmadim. Akamni qamatgandan keyin közim oçildi. Halol işlab topgan haqqimni söraganimdan keyin baloga qoldim”, deydi tadbirkor Ahmadali Yunusov.