Samarqand şahridagi 5-son umumta’lim maktabida öquvçining ustiga devor qulagan va bosib qolgan. Bunga quriliş işlarini olib borgan quruvçining xavfsizlik çoralarini körmagani sabab bölgani ta’kidlanmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, maktab «Oçiq budjet» tanlovida 1 mlrd 200 mln söm yutib olgan. Uning hududida quriliş işlarini boşlagan korxona xavfsizlik çoralarini körmagan.  

Şuningdek, quruvçidan öz vaqtida xavfsizlik çoralarini körişni talab qilmagani uçun maktab direktoriga qonun doirasida çoralar körilişi, hozir u ta’tilda ekani aytilmoqda. 

Xabarda devor tagida qolgan öquvçining ahvoli va quriliş işlarini olib borgan korxona nomi haqida ma’lumot berilmagan.