18:11 / 21.03.2023
11910

Qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

Bu mamlakatda rasman 769 nafar o‘zbekistonlik mehnat qilyapti.

Foto: AP

2023 yil 1 mart holatiga ko‘ra, mahalliy ijro hokimiyati organlarining ruxsatnomalariga ko‘ra, Qozog‘istonda 13 403 nafar chet el fuqarosi mehnat qilmoqda. Bu haqda Tengritravel xabar berdi.

«Qozog‘istonda xorijlik ishchi kuchidan foydalanayotgan 1640 nafar ish beruvchi mavjud», deyiladi hisobotda.

Qayd qilinishicha, 769 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istonda rasman mehnat qilmoqda - bu beshinchi ko‘rsatkich.

Mehnat migrantlarining kelib chiqish mamlakatlari:

- Xitoy - 3411 kishi;

- Hindiston - 1685 kishi;

- Turkiya - 1523 kishi;

- Buyuk Britaniya - 1073 kishi;

- O‘zbekiston – 769 kishi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xorijiy fuqarolar eng ko‘p quyidagi sohalarda ishlamoqda:

- qurilish – 5494 kishi, 41 foiz;

- konchilik va karerlarni qazish - 1455 kishi, 11 foiz;

- kasbiy, ilmiy va texnik faoliyatda – 995 nafar, 8 foiz;

- sanoat – 889 kishi, 7 foiz;

- qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 641 kishi, 5 foiz.

Top