Qozoğistonda majlis deputati Magerram Magerramov boş vazirga murojaat qilib, alkogol mahsulotlari savdosini kuçaytiriş böyiça qator takliflarni ilgari surdi. Uning fikriça, mamlakatda mast holda sodir etilayotgan jinoyatlar uluşi yuqori bölib qolayotgani bu borada keskin çoralar körişni talab etmoqda.

Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, qotilliklar va bezorilik holatlarining qariyb yarmi, har törtinçi talonçilik va yöl-transport hodisalari, şuningdek, oilaviy-maişiy huquqbuzarliklarning aksariyati alkogol ta’siri ostida sodir etilmoqda. Deputat, şuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan mast holda jamoat tartibini buziş holatlari ham qayd etilayotganini ta’kidladi.

Asosiy takliflar qatorida:

  • dökonlarda alkogol mahsulotlarining çakana savdosini soat 20:00 dan keyin, kafe va restoranlarda esa soat 22:00 dan keyin taqiqlaş;
  • bolalar muassasalari atrofida 100 metr radiusda spirtli içimliklar sotişga qöyilgan taqiqni qayta joriy etiş;
  • alkogol sotuvi bilan şuğullanuvçi savdo nuqtalari sonini çeklaş taklif etilgan.

Şuningdek, deputatlar alkogol mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkaga ega tovarlar röyxatiga kiritiş, alkogolning onlayn savdosini taqiqlaş hamda yoşlar örtasida alkogolizmning zararli oqibatlarini oldini oliş böyiça raqamli va media platformalar orqali profilaktika dasturlarini işlab çiqişni mas’ul vazirliklarga topşirişni taklif qilmoqda.