Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev taşkil etilişi rejalaştirilayotgan bir palatali parlamentni Qurultoy deb nomlaşni taklif qildi. U Milliy qurultoy yiğilişida şunday taşabbus bilan çiqdi - hozir yiliga bir marta ötkaziladigan maslahat-kengaş organi şunday ataladi.
Töqayev sözlariga köra, qurultoyning tarixiy kölami va ahamiyati qozoğistonliklarga «aniq va yaqindir».
«Umuman olganda, Qurultoy nomini mamlakatimiz siyosiy tizimidagi juda muhim davlat instituti ramzi sifatida saqlab qolişimiz kerak, deb hisoblayman», dedi Töqayev.
Yangi parlament beş yil muddatga saylanişi közda tutilgan. Unda hozirgi 148 ta (Majlisda 98 ta va Senatda 50 ta) örin örniga 145 ta mandat böladi. Parlamentni şakllantirişda prezidentlik kvotasidan, şuningdek, Qozoğiston xalqi assambleyasi kvotasidan voz keçiş rejalaştirilgan.
«Yangi parlamentda heç qanday eksklyuziv tayinlovlar bölmasligi kerak, deputatlar barça uçun yagona qoidalar asosida saylanişi kerak», deb ta’kidladi prezident. Parlament raisining köpi bilan uç nafar örinbosari böladi, qömitalarning umumiy soni esa sakkiztadan oşmasligi kerak.
Şuningdek, Töqayev mamlakatdagi bir qator apparat tuzilmalarini, jumladan, davlat maslahatçisi lavozimini tugatişni taklif qildi. «I’m very sorry» («Men juda afsusdaman») dedi prezident öng tomonida ötirgan davlat maslahatçisi Yerlan Karinga ingliz tilida yuzlanib.
Şuningdek, Töqayev respublikada vitse-prezident lavozimini joriy etişni taklif qildi. Uni parlament roziligi bilan (köpçilik ovoz bilan) prezident tayinlaşi közda tutilgan. Qozoğiston vitse-prezidenti xalqaro va içki tadbirlarda mamlakat nomidan iştirok etadi.
Qozoğistonda vitse-prezident lavozimi avvalgi davlat rahbari Nursulton Nazarboyev davrida, 1991-1996 yillarda bölgan. Bu lavozimni egallagan birinçi va yagona şaxs Erik Magzumoviç Asanbayev edi.












