18:09 / 25.03.2023
7438

Isroildagi namoyishchilar «falajlik haftasi» haqida e’lon qildi

Isroilda sud-huquq islohotiga qarshi norozilik namoyishlari tashkilotchilari kelgusi hafta davomida namoyishlar o‘tkazishga va’da berdi.

Foto: Reuters

Isroilda sud-huquq islohotiga qarshi norozilik namoyishlari tashkilotchilari «Milliy falajlik haftasi» haqida e’lon qildi, deb yozadi The Jerusalem Post 24 mart, juma kuni.

Namoyishchilar 27 mart, dushanbadan boshlab butun mamlakat bo‘ylab turli tadbirlar o‘tkazishga va’da berdi. Kelgusi yakshanba va dushanba kunlari namoyishchilar hukumat a’zolari va deputatlar keladigan joylarda to‘planishni rejalashtirmoqda. Seshanba kuni «mamlakat bo‘ylab keng tarqalgan falajlik kuni» e’lon qilindi - shunga o‘xshash aksiya 23 mart kuni bo‘lib o‘tdi, o‘shanda turli shaharlardagi namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘ygan, aeroportlarda to‘plangan va hukumat binolarini qurshab olgandi. 

29 mart, chorshanba kuni tashkilotchilar norozilik namoyishlari, so‘ngra Quddusdagi Knesset binosi oldida ommaviy namoyish bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Tashkilotchilar keyingi hafta rejalarini keyinroq e’lon qilishga va’da berdi. 

Isroilda ommaviy norozilik namoyishlari yanvar oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Xalq Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi yangi hukumat e’lon qilgan sud-huquq islohotiga qarshi. 

Yangiliklar vazirlar mahkamasining Oliy sud sudyalarini tanlash bo‘yicha vakolatlarini kengaytirishi va ushbu sud organining vakolatlarini cheklashi kerak. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, hukumat amalda sudyalarni tayinlash ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ladi. 20 fevral kuni Isroil parlamenti qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. 

12 mart kuni 500 mingga yaqin odamni jamlagan yana bir, ayni paytdagi eng yirik norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Isroilning sobiq bosh vaziri va muxolifat yetakchisi Yair Lapid vaziyatni mamlakat tarixidagi «eng katta inqiroz» deb atadi. Isroil prezidenti Itsxak Gersog ham islohotni qoralab, hukumatni qonundan voz kechishga chaqirdi. 

Top