Uning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida xavfsizlik tuzilmalari xodimlaridan taxminan 500 nafari ham bor. Amaldor “aybsiz eronliklar” o‘limi uchun javobgarlikni “terrorchilar va qurollangan isyonchilar” zimmasiga yuklagan.
Eronda ommaviy namoyishlar dekabr oxirida boshlangan. Hokimiyat vakilining ta’kidlashicha, eng shiddatli to‘qnashuvlar va eng ko‘p qurbonlar mamlakatning shimoli-g‘arbidagi kurd hududlarida qayd etilgan. U shuningdek, namoyishchilarni “Isroil va chet eldagi qurollangan guruhlar” qo‘llab-quvvatlagani va ta’minlaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar sonining yakuniy ko‘rsatkichi “keskin tarzda” yana oshib ketishi ehtimoli past. Eron rahbariyati namoyishlar uchun javobgarlikni muntazam ravishda tashqi dushmanlar zimmasiga yuklab keladi.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar esa boshqacha baholarni keltiradi. AQShda joylashgan HRANA tashkiloti bir kun oldin 3308 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berib, yana 4382 ta o‘lim holati tekshiruvda ekanini qayd etgan. HRANA ma’lumotiga ko‘ra, 24 mingdan ortiq hibsga olish holati tasdiqlangan.
Norvegiyada joylashgan Hengaw kurd-eron huquqni himoya qiluvchi guruhi ham eng qattiq to‘qnashuvlar aynan Eronning kurd mintaqalarida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.











