Mercedes-Benz kompaniyasi menejyeri Matias Lursning aytishicha, kompaniya Maybach brendini rivojlantirishning turli yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Ehtimolga ko‘ra, mana shu brend nomi ostida yo‘ltanlamas ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda Autocar xabar bermoqda.
Yangi yo‘ltanlamas Mercedes-Benz GLS bazasi asosida quriladi. Ammo ushbu masala bo‘yicha yakuniy qarorga kelinmagan.
Shuningdek, Lursning aniqlik kiritishicha, kelajakda Maybach brendi ostida elektrokarlar ham ishlab chiqarilishi ehtimoldan yiroq emas.