Sportkar va yöltanlamas — bir qaraganda ikki qutb vakillari. Biroq sportkarlarning ayrim egalari özining temir tulporini nafaqat tekis asfaltli yölda, balki undan taşqarida ham haydagisi keladi. Zavodlar tomonidan ğadir-budur yöllarda harakatlanişga moslaştirilgan sportkarlarni barmoq bilan sanaş mumkin. Ularning eng maşhurlari Lamborghini va Porsçe’ning ijod namunalari hisoblanadi. Şunga qaramay tyuning studiyalari doimiy ravişda yöltanlamas sportkarlar borasida tajribalar qilib turadi. Ularning tajribasi ölaroq avtoixlosmandlar noyob avtomobillarga ega böladi. Quyida şunday işlanmalar haqida gap boradi.

Bentley Continental GT Speed

BAAda qayta işlangan, 44,5 ming km masofa bosib ötib qöygan Bentley’ni 43,250 dollarga baholaşgan. Avtomobilning klirensi oşirilgan, kuzov himoyasi örnatilib, xavfsizlik uçun ramka qöyilgan. Zaxira ğildiragi uçun kupening tom qismi tanlangan. Ğildiraklarga şosse uçun möljallangan Pirelli şinalari qöyilgan. Salon qismiga yaşil tus bilan qorişgan töq sariq teri bilan işlov berilgan. Olti litr hajmga ega W12 dvigateli 611 ot kuçidan 700 taga oşirilgan.

Lamborghini Gallardo LP560-4 nusxasi

Tailand atelesi Lamborghini nusxalarini yaratiş bilan şuğullanadi. Ular tomonidan işlab çiqilgan Gallardo yöltanlamasining nusxasi 45 ming dollarga baholangan. Avtomobil Toyota Hilux bazasida yaratilgan, motor esa Lexus’dan olingan. Taşqi elementlar, jumladan, old va ortki çiroqlari tyuningçilarning özlari tomonidan yaratilgan.

Toyota GR86 Cross Over

Cusco brendiga egalik qiladigan Carrosser firmasi yöltanlamas kupe proyekti ustida iş olib bordi. Natija esa şunday böldi: GR86 Cross Over modeli Toyota GR86 superkarining sönggi avlodi bazasida yaratildi. Sozlaniş imkoniyatiga ega amortizatorlar örnatilişi natijasida uning klirensi 2,5 santimetrga oşirilgan. 16 diametrli disklarga yöltanlamas şinalar taqildi. Yoritiş imkoniyatini oşiriş uçun qöşimça svetodiodlardan foydalanildi.