18:39 / 27.06.2016
22224

Xitoylik bola 6 kun to‘xtovsiz videoo‘yin o‘ynab, oyoqlaridan ajralishiga bir baxya qoldi

Xitoy huquq - tartibot organlari Xanchjou ismli 19 yoshli yigitni temiryo‘lda hushsiz holatda topishdi, buning sababi u 6 kun davomida  internet-kafeda to‘xtovsiz videoo‘yin o‘ynagan. Bu haqida Daily Mail xabar qildi. 

Chen 6 kun joyidan jilmay, internet-kafeda onlayn o‘yin o‘ynagan. O‘zining barcha pullarini shu yerda sarflagan. Chen o‘z "marafoni"ning so‘nggi uch kuni davomida na ovqat yegan va na biror narsa ichgan. Politsiya xodimlari o‘smirning oyog‘ini chivinlar chaqib tashlagani, buning natijasida oyoqlari qonab, yiringlab ketganini aytishdi. 

Xanchjouning otasi o‘g‘li videoo‘yinlarga mukkasidan ketganidan keyin uni dom-daraksiz yo‘qolgan deb hisoblardi. 

Mavzuga oid
Top