Germaniyada natsistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoöyinlarni tarqatişga ruxsat berildi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilyapti.
Germaniyada köngiloçar dasturiy ta'minotni tartibga soliş bilan şuğullanuvçi taşkilot - USK natsistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoöyinlarni mamlakat hududida butunlay taqiqlaş örniga, qöşimça yoş reytingini örnatiş mumkin deb qaror qildi.
Şu bilan birga, taqiqlangan belgilar videoöyinlarda «ijtimoiy jihatdan adekvat» bölişi kerak. Bu natsistlar ramziy belgilari badiiy yoki ilmiy maqsadda xizmat qilişi yoxud aniq tarixiy voqealarni qayta tiklaşda qöllanilişi kerakligini anglatadi, deya ta'kidlab ötişgan taşkilotdan.

















