Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Foto: MOQ
O‘zbekiston delegatsiyasi necha sportchi bilan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi? Delegatsiya bayroqdorligiga nomzodlar kim? Jamoalar oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan? Shu va boshqa savollarga bo‘lajak Osiyo o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil javob olindi.
«Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati» muzeyida o‘tgan tadbirda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi. Tadbir davomida OAV xodimlari O‘zbekiston delegatsiyasining rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov Osiyo o‘yinlarida 38ta sport turida 350dan ortiq atletlarimiz qatnashishini ta’kidlab, bu O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija ekanligi, Jakartada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bo‘lganidek muvaffaqiyatli natija (umumjamoa hisobida 5-o‘rin) kutilayotgani haqida gapirdi.
MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov bayroqdor bo‘lishga Bahodir Jalolov, Muzaffar To‘raboyev, Akbar Jo‘rayev, Ulug‘bek Rashidov, Safina Sadullayeva, Zaynab Dayibekova, Svetlana Radzivil kabi nomzodlar borligini, yakuniy qaror tez kunda e’lon qilinishini aytdi.
O‘zbekiston dzyudo federetsiyasi raisi Azizjon Kamilov dzyudochilardan Davlat Bobonov jarohatidan tiklanganini, Muzaffar To‘raboyev yaxshi formada ekanligini ma’lum qildi.
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning aytishicha, turnirga futbol bo‘yicha asosan «Olimpik» o‘yinchilaridan iborat jamoa boradi, musobaqa FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmagani uchun legionerlar jalb qilinmaydi.
Shuningdek, matbuot anjumanida sport tennisi, ot sporti, shaxmat, kibersport bo‘yicha tayyorgarlik masalalari ham tilga olindi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni istisno etmadi
Jahon | 09:15
-
Tramp: Rubio Turkiyadagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida ishtirok etadi
Jahon | 09:05
-
O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston | 09:00
-
Makron Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi
Jahon | 08:30
Mavzuga oid

18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi

09:00 / 23.10.2024
Toshkentdan Xanchjouga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

20:29 / 07.10.2023