Tailandning Bangkok şahrida Osiyo Olimpiya Kengaşining 38-Boş Assambleyasi öz işini davom ettirmoqda. Uşbu tadbir davomida mutasaddilar qator masalalarni körib çiqişmoqda.

MOQ matbuot xizmati xabar berişiça, 2022 yili Xitoyning Xançjou şahrida bölib ötadigan navbatdagi Osiyo öyinlarida Okeaniya mamlakatlari ham iştirok etadigan böldi. Boş Assambleya iştirokçilari Okeaniya mamlakatlarini ham qit'amiz sport bayroği ostida birlaştiriş uçun uşbu qarorni ma'qullaşdi.

Bunday jarayon 2017 yili Turkmaniston poytaxtida ötkazilgan yopiq inşootlardagi va jangovor sport turlari böyiça ötkazilgan Osiyo öyinlarida sinovdan ötkazilgan. Öşa musobaqada Okeaniya mamlakatlaridan Fiji 1 tadan oltin va kumuş medallarini jamğarib, uşbu mintaqa vakillari orasida yetakçi bölgandi.

«Okeaniya va Osiyo köplab jihatlarda bir-biriga juda yaqin. Ana endi sport böyiça birlaşmoqdamiz. Bu yangilikni e'lon qilişdan boşimiz kökka yetdi», – deydi Okeaniya Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Robin Mitçel.

Şu tariqa 2022 yili Xitoyning Xançjou şahrida bölib ötadigan navbatdagi Osiyo öyinlarida qit'adoşlarimiz qatorida Okeaniya mamlakatlaridan taşrif buyuradigan atletlar ham medallar uçun bahs olib borişadi. Biroq Okeaniya mamlakatlari qaysi sport turlarida va qança sportçi bilan iştirok etişi borasida yakuniy qaror qabul qilinmadi. Şuningdek, anjuman davomida boks va akademik eşkak eşiş sport turlari böyiça Olimpiya yöllanmalarini beradigan musobaqalarni ikki mintaqa sportçilari uçun birga ötkaziş masalasi ham körib çiqiladi.