
Foto: Muhammad Amin / O‘zA
Toshkent shahridan Samarqand va Qarshi shaharlariga qatnovchi tezyurar poyezd reyslari chiptalari narxi 15 foizga oshiriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati xabar bergan.
«Sotuv kuni 2016 yil 5 sentabrdan va poyezd jo‘nash kuni 2016 yil 20 sentabrdan №760/759 Toshkent — Qarshi — Toshkent va №762/761 Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlarining chipta narxlari 15 foizgaga oshiriladi», — deyilgan kompaniya axborotida.