Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim toifadagi aholisi uchun temir-yo‘l chiptalariga chegirma belgilandi
2022 yil 15 sentabrdan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga temir yo‘l chiptalarini rasmiylashtirishda yo‘l haqining tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma belgilandi, deb xabar berdi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ.
Bu haqda «Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (31.08.2022) Prezident farmonining 11-bandida quyidagicha belgilab qo‘yilgan edi:
«Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish yo‘nalishi doirasida 2022 yil 15 sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo‘yicha amalga oshirilsin hamda yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyozlarni taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilsin».
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, imtiyoz 2022 yil 15 sentabrdan barcha mahalliy yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar uchun amal qiladi.
Hozircha «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasi bunday imtiyoz shartlari haqida xabar bermadi.
Prezident farmonida imtiyozning qachongacha amal qilishi belgilanmagan.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
20:05 / 28.05.2026
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
09:23 / 28.04.2026