19:55 / 08.09.2016
10049

Hindiston kriogen dvigatelli raketa parvozini amalga oshirdi

Hindiston fazoviy tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) INSAT-3DR meteorologiya sun'iy yo‘ldoshini Yer orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqdi. U, kriogen yoqilg‘ida ishlaydigan dvigatel o‘rnatilgan raketa vositasida fazoga ko‘tarilgan. 

Raketani uchirish jarayoni hind telekanallari orqali jonli efirda namoyish etilgan. 

"GSLV-F05 INSAT-3DR sun'iy yo‘ldoshini fazoga olib chiqdi", —deyiladi ISRO bayonotida.

GSLV-F05 raketasi Andxra-Pradesh shtati yaqinidagi Shrixarikota orolidagi kosmodromdan osmonga ko‘tarilgan. Ikki tonnadan og‘irroq bo‘lgan yangi sun'iy yo‘ldoshning bosh vazifasi yer sathi va dengiz yuzasidagi harorat to‘g‘risida aniqroq ma'lumot to‘plashdan iborat. 

Kriogen yoqilg‘i – gazlarni chuqur sovutish vositasida suyultirib olinadi. 

 

Top