14:51 / 19.10.2016
10111

Astronomlar bir yili 20 ming Yer yiliga teng fazo jismini aniqlashdi

Foto: EPA

Amerika Astronomiya jamiyatining sayyorashunoslik bo‘limi yig‘ilishida ishtirok etgan olimlar Quyoshdan 1430 astronomik birlikka uzoqlasha oladigan fazoviy jismni aniqlashgani haqida ma'lum qilishdi. U Quyoshga eng yaqin kelgan vaqtda oraliqdagi masofa 50 astronomik birlikni tashkil etadi. Uning o‘z orbitasida to‘liq aylanishi uchun 20 ming yil vaqt talab etiladi, deb yozmoqda N+1 sayti. Ta'kidlanishicha, ushbu kashfiyot zamonaviy uskunalarning texnik imkoniyatlari doirasida amalga oshirilgan. 

Yangi fazo jismi L91 deb nomlanib, u OSSOS (Outer Solar System Origins Survey) kolloboratsiyasi yordamida aniqlangan. Jism transneptun obektlari sirasiga kirib, uning orbitasi Pluton orbitasi ortida joylashgan. Hozircha, L91 vazni va hajmi noma'lum. Jism 2013 yilda kashf qilingan, ammo bu haqda keng ommaga endi ma'lum qilishga qaror qilingan. 

Top