20:39 / 24.10.2016
13166

O‘zbekiston aholisi soni yil boshidan buyon 401,8 ming nafarga ko‘paydi

O‘zbekiston aholisi soni 2016 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra 31 million 977,1 ming kishini tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi saytida xabar qilingan. Yil boshidan buyon aholi soni 401,8 ming nafarga ko‘paydi va bu 1,3 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi.

Jumladan, shahar aholisi soni 16181,4 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 15795,7 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 foiz) tashkil etdi.

Yanvar-sentabr oylari davomida 532,4 ming nafar bola tug‘ilib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 22,4 promilleni tashkil qildi (2015 yilda 22,8 promille bo‘lgan).

2016 yilning yanvar-sentabr oylarida 108,9 ming o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi.

Vafot etganlarning 59,4 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,9 foizi o‘simtalardan, 5,9 foizi ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 5,2 foizi nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 6,3 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan vafot etgan.

2016 yilning yanvar-sentabr davri mobaynida 5,6 mingta 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qayd etildi va go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti 10,1 promilleni tashkil etdi.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha o‘lgan jami bolalarning 55,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 24,4 foizi nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 9,8 foizi tug‘ma anomaliyalardan, 3,1 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etgan.

2015 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 176,1 mingta nikoh va 22,2 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo‘yicha nikoh tuzish koeffitsienti 7,4 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsiyenti esa 0,9 promilleni tashkil etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 106,5 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 128,2 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya qoldig‘i minus 21,7 ming kishini tashkil etdi (2015 yilda minus 23,1 ming kishi bo‘lgan).

Top