Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida xorijdagi fuqarolarning huquqlari buzilayotgani masalasiga ham e’tibor qaratildi.

«Xorijda noqonuniy bölib turgan fuqarolarimiz borligi bizni taşvişga soladi», – dedi davlat rahbari. 
 
Prezident matbuot xizmatiga köra, 2025 yil Rossiyada 150 mingdan ziyod fuqaroga «migratsiya amnistiyasi» qöllaşga erişilgan. Yiğilişda boşqa mamlakatlarda ham fuqarolarga qonuniy asosda işlaşga kömaklaşiş, bu borada xorijiy tomonlar bilan muzokaralarni faollaştiriş, şu bilan birga fuqarolar ham özlari bölib turgan mamlakat qonunçiligi talablariga rioya qilişi lozimligi qayd etilgan.
  
Bundan buyon migratsiya oqimi köpayib borayotgan davlatlar, ayniqsa, Yevropada mehnat migrantlari bilan işlaş elçixonalardagi konsullarning asosiy vazifasi bölişi belgilangan. 
 
Şuningdek, çet eldagi fuqarolarni konsullik hisobiga qöyiş tartibini yanada soddalaştiriş, ortiqça byurokratiyani qisqartiriş topşirildi.

Özbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarda ötkazilayotgan turli reydlarda huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar jamoatçilikda jiddiy norozilik uyğotayotganiga e’tibor qaratilgan. 
 
Aksariyat holatlarda Taşqi işlar vazirligi rasmiy nota beriş bilangina çeklanib qolayotgani qayd etilgan. 

«Elçi va konsullar har bir holat yuzasidan malakali yuridik yordam körsatib, xorijdagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilişi şart», – dedi prezident. 
 
Bundan taşqari, xorijdagi yoşlar yoki talabalarning turli oqimlarga qöşilib qolayotgani barçani jiddiy taşvişga solişi kerakligi ta’kidlangan. 
 
Bundan buyon elçilar «kabinet diplomatiyasi»dan voz keçib, xorijdagi vatandoşlar işlayotgan quriliş maydoniga, yotoqxonaga, talabalar auditoriyasiga borib, ularning muammosini örganib, yeçimi böyiça işlaşi şartligi qayd etildi. 
 
Mutasaddilarga xorijda oğir vaziyatga tuşib qolgan fuqarolar uçun bepul koll-markaz taşkil etib, murojaatlarini tegişli vazirliklar bilan tezkor hal qiladigan tizim yaratiş topşirilgan.