20:20 / 31.10.2016
6327

Sabina Sharipova Xitoydagi xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Foto: M.vesti.kz

24−30 oktabr kunlari Xitoyda professional tennischi ayollar o‘rtasida yutuq jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan ITF Liuzhou Open musobaqasi o‘tkazildi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova va amerikalik tennischi Jaklin Kako juftligi finalda rossiyalik tennischilar juftligi Veronika Kudermetova va Aleksandra Pospelova bilan kuch sinashdi. Final bahsi 2/6 4/6 natijasi bilan nihoyasiga yetdi va Sabina Sharipova va Jaklin Kako juftligi musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi. 

O‘yin 1 soatu 5 daqiqa davom etdi. Sportchi musobaqa yakunlariga ko‘ra, 48 ochko jamg‘ardi va 1393 dollarlik pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Top