Butunjahon antidoping agentligi (WADA) italiyalik tennisçi Yannik Sinner bilan 3 oylik diskvalifikatsiya haqidagi kelişuvni tasdiqladi.
2024 yil mart oyida sportçi tahlilida taqiqlangan modda klostebol aniqlangan va u antidoping qoidalarini buzgan edi.
«WADA janob Sinnerda aldaş niyati bölmagani va klosteboldan foydalanişi unga unumdorlikni oşiruvçi foyda keltirmaganini va atrofidagilarning beparvoligi oqibatida taqiqlangan modda iste’mol qilganini tan oladi. Biroq Kodeks va CAS (Sport arbitraj sudi) pretsedentiga muvofiq, sportçi öz atrofidagilarning e’tiborsizligi uçun javobgar», deyiladi agentlik xabarida.
Sinner 9 fevraldan 4 maygaça diskvalifikatsiya qilindi. U rasman 13 aprel kuni maşğulotlarga qaytişi mumkin.
Yannik Sinner 2024 yil bahorida ketma-ket ikki marta musbat doping test topşirdi. Biroq, tennisdagi «halollik» uçun mas’ul bölgan International Tennis Integrity Agency (ITIA) unga nisbatan deyarli ramziy jazo bilan çeklandi. Taşkilot taqiqlangan moddaning mikroskopik konsentratsiyasini, şuningdek, tennisçi versiyasining işonçliligini hisobga oldi. Qayd qilinişiça, tennisçining şifokori Jakomo Naldi tarkibida klostebol bölgan spreydan Sinnerni massaj qilişda foydalangan.
Oqibatda Sinner 400 reyting oçkosi va 325 ming dollar mukofotdan mahrum qilindi.
Endi WADA tomonidan qöyilgan diskvalifikatsiya tennisçiga mavsumning ikkinçi «Katta Dubulğa» turniri - «Rolan Garros»da iştirok etiş imkonini beradi, u may oyi oxirida boşlanadi. Qolaversa, Sinner diskvalifikatsiya vaqtida ATP reytingida hatto eng yuqori poğonadan ham tuşmasligi mumkin. Uning eng yaqin ta’qibçisi germaniyalik Aleksandr Zverevdan ustunligi juda katta: 3 ming balldan oşadi.













