16:52 / 17.11.2016
9096

Lukashenko: Men belaruslarni boy qilaman

Foto: © RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qildiki, u belaruslar haqida qayg‘urib, ularni «taltaytiradi». Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«Ochiq aytaman, biz o‘z odamlarimizni biroz erkalatamiz. Meni shu xalq prezident qilgan. Bu odamlar oldida majburiyatlarim ko‘p, ularning manfaatlari doim birinchi o‘rinda», — degan Lukashenko.

U qayd etganki, oddiy kishilarning manfaatlari davlat uchun birinchi o‘rinda turishi kerak. Xususan maoshlar masalasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda belaruslarning o‘rtacha oylik maoshi miqdori 400 dollar atrofida, keyingi yilda bu miqorni 500 dollarga yetkazish kerak.

Bundan oldinroq, Lukashenko hukumatga o‘rtacha oylik maoshni 500 dollarga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top