8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

17:38 / 17.11.2016 7046

Turkiya uch yil mobaynida nechta F-35 qiruvchilarini xarid qilishini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Rasmiy Anqara kelasi uch yil mobaynida AQShdan 24 dona qiruvchi-bombardimonchi F-35 samolyotlarini xarid qiladi, deya bayonot bergan Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik. 

Avvalroq, Turkiya mudofaa sanoati departamenti rahbari Ismoil Demir, Turkiyada F-35 dvigatellarini ishlab chiqarish, yig‘ish va xizmat ko‘rsatish markazi barpo etilganini ma'lum qilgan edi. 

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda mamlakatga F-35 qiruvchilarining ilk partiyasi yetib keladi. “Samolyot butlovchi qismlarining yarmidan ko‘pi Turkiyaning o‘zida ishlab chiqiladi, shu yerda yig‘iladi”, -deya oydinlik kiritgan edi Turkiya hukumati rahbari. 

“Turkiya uch yil mobaynida Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasidan 24 ta F-35 samolyotini xarid qiladi. Ularning oltitasiga allaqachon buyurtma berilgan. 2018 yilda ilk ikkita samolyot yetib keladi”, — deya Ishik so‘zlarini keltiradi Haberturk telekanali.

Top