Germaniya Bundestagi Germaniya hukumatiga Germaniya qurolli kuçlari - Bundesver uçun 35 ta Amerikaning beşinçi avlod F-35 köp funksiyali qiruvçi-bombardimonçi samolyotlarini sotib olişga ruxsat berdi. Budjet qömitasi 14 dekabr, çorşanba kuni umumiy qiymati qariyb 10 milliard yevroga samolyot sotib oliş rejasini tasdiqladi. Birinçi texnikalar 2028 yilda foydalanişga tayyor bölişi kerak.

Germaniya harbiy-havo kuçlari boş inspektori Ingo Gerharsning ta’kidlaşiça, F-35 samolyotlarida nemis uçuvçilarni tayyorlaş kursi 2026 yilda boşlanadi. Unga köra, birinçi qiruvçi samolyotlar Germaniyaga 2027 yilda yetkaziladi.

Bundan taşqari, mamlakat parlamenti boşqa loyihalarga, jumladan, Germaniyaning Heckler & Koch kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan 119 mingga yaqin yangi HK416 miltiqlarini sotib olişga ruxsat berdi. Birinçi namunalar 2024 yilda qöşinlarga yuboriladi. Tasdiqlangan boşqa loyihalar qatoriga yangi raqamli radiotexnika, 140 ta qorda yuruvçi avtomobillarini sotib oliş va 143 ta Puma zirhli transport vositalarini modernizatsiya qiliş kiradi.

Bundestag qurolli kuçlarni qöllab-quvvatlaşning «juda muhim belgisi»ni körsatdi, deya izoh berdi Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext Germaniya parlamenti qaroriga. Qurol-yaroğ Bundesverni qayta jihozlaş uçun 100 milliard yevrolik maxsus fonddan moliyalaştiriladi, uning tuzilişi Rossiya Ukraina bilan uruş boşlaganidan bir neça kun ötgaç e’lon qilingan.