20:31 / 20.11.2016
10041

Emirates samolyoti Domodedovoga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Moskvadagi Domodedovo aeroportiga Emirates aviakompaniyasining A380 samolyoti yo‘lovchilaridan birining sog‘ligi yomonlashgani tufayli shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda aeroport vakiliga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.

Aeroportda samolyotni bemor yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlangan shifokorlar bo‘linmasi kutib olgan.

Dubay — San-Frantsisko yo‘nalishida uchgan yo‘lovchi samolyoti Moskva vaqti bilan soat 16.33da qo‘nishni amalga oshirgan, parvoz vaqtida o‘zini yomon his qilgan yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Top